
Saloh "Liverpul"ga shart qo‘ydi
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh jamoa rahbariyati oldiga o‘z shartini qo‘ydi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli misrlik futbolchi mersisaydliklarning “Lion” yarim himoyachisi Nabil Fekir bilan shartnoma imzolay olishmaganidan qattiq norozi bo‘lmoqda. Shu bois u klub rahbariyatidan tezroq jamoaning markaziy chizig‘ini tajribali futbolchi bilan kuchaytirishni talab qilmoqda. Agar uning bu talabi bajarilmasa, u jamoani tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Salohga “Barselona” va “Real” kabi grand klublar jidiy qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar