
Saloh "Liverpul" tarixidagi to‘purarlar qatorida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi
"Liverpul" hujumchisi Muhammado Saloh kecha "Brayton"ga (1:0) qarshi o‘yinda gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi.
E’tiborlisi, 26 yoshli misrlik futbolchi shu tariqa mersisaydliklar safidagi gollari sonini 46taga etkazib oldi va bu borada mashhur Ian Rashni (45) ortda qoldirib, “Liverpul” to‘purarlari reytingida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bu borada 6- va 7-o‘rinlar Deniel Starrij (51) vaDirk Kyuytlarga (51) tegishli. Birinchi o‘rin esa Robbi Fauler bormoqda. Uning hisobida 128ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, Saloh “Liverpul” safiga 2017 yil “Roma”dan kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar