
Sadio Mane PSJga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane EChL guruh bosqichi 5-tur doirasida PSJ bilan bo‘ladigan o‘yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, senegallik futbolchi betobligi sababli jamoa bilan Parijga yo‘l olmasligi mumkin. Jamoa murabbiylar shtabi shunday bo‘lsada, so‘nggi tayyorgarlikdan keyin Mane bo‘yicha bir qarorga kelishini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ hujumchilari Kilian Mbappe va Neymar safga qaytib, umumiy mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan.
Fikrlar