Sabina Tashkenbaeva Estoniyadagi musobaqada barcha yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 10 dekabr, 2018, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika
CHERY AUTO

8-9 dekabr kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha «Christmas cup» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 9 mamlakatdan 341 nafar sportchi ishtirok etdi. Quvonarlisi, turnir yakuniga ko‘ra hamyurtimiz Sabina Tashkenbaeva barcha yo‘nalishlar – ko‘pkurash, halqa, koptok va tasma bilan mashqlarda oltin medalga ega chiqdi.

Tecno

Musobaqada shuningdek, boshqa bir hamyurtimiz Ekaterina Fetisova ham ishtirok etdi va bulava bilan mashqlarda shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Jamoaviy mashqlarda esa hamyurtlarimiz uchta kumush medalni (ko‘pkurash va 2 final) qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!