Sabina Sharipova chorak finalda dugonasiga qarshi o‘ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Singapurda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Kecha musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi davrasida Sabina bolgariyalik Elitsa Kostovaga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 2:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Endi tennischimiz chorak finalda juftlik bahslaridagi sherigi hindistonlik Ankita Raina bilan raqobatlashadi. Shuningdek, Sabina va Ankita juftlik bellashuvlarining chorak finalida gollandiyalik tennischilar Kuirine Lemoin va Arantxa Rusni sinovdan o‘tkazishadi.


Fikrlar