
S2: Jasurbek Latipov raqibini nokautga uchratdi
Termizda boks bo‘yicha Butunjahon boks seriyalari VIII mavsum 6-tur bahslariga start berildi.
Mazkur janglarni 52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov va Xesus Roxas boshlab berishdi. Hamyurtimiz bungacha ushbu turnirda 2 jang o‘tkazib, 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, raqibi hisobida 1 ta g‘alaba mavjud.
Ilk daqiqalardan ustunlikka ega bo‘lgan Jasurbek jangni muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. U raqibini 4-raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar