Rustam Qosimjonovning shogirdi jahon chempioni bo‘lishi mumkin
Shu kunlarda Buyuk Britaniya poytaxti Londonda shaxmat bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’kidlash kerakki, shaxmat toji uchun ushbu musobaqaning amaldagi chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda AQShlik Fabiano Karuanolar o‘zaro dona surishmoqda. Kecha ushbu shaxmatchilar 8-partiyani o‘ynashdi va bu o‘yin durang bilan yakunlandi. Hisob esa hozircha durang – 4:4.
Musobaqa qoidalariga ko‘ra shaxmatchilar o‘zaro 12 partiya dona surishadi. Agar shunda ham durang qayd etilsa, g‘olib nomi tay-breykda aniqlanadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz, shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik yagona jahon chempioni Rustam Qosimjonov ushbu musobaqada AQShlik Fabiano Karuanoga sekundantlik qilmoqda.




Fikrlar