Rustam Ashurmatov: "Bunyokor" ichki muhit evaziga yaxshi natija ko‘rsatmoqda

  • 10 may, 2018, 15:34
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi yillarda o‘zbek futbolida ko‘plab nomlar kashf etilmoqda. Ulardan biri Toshkentning «Bunyodkor» klubi himoyachisi Rustam Ashurmatovdir. Garchi hozirda «qaldirg‘ochlar»da moliyaviy inqiroz davri bo‘lishiga qaramasdan, Mirjalol Qosimov shogirdlari ushbu tushkun xolatga ajoyib natijalar bilan javob berishmoqda.

Tecno

Albatta ushbu g‘alabalar ham osonlikcha erishilmayapti, bunda jamoadagi futbolchilarning birdamliklari asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Biz esa ushbu muvaffaqiyatlarga o‘z xissasini qo‘shyotgan Rustam Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

Rustam, dastlabki savolimiz futbolga kirib kelishingiz haqida bo‘ladi, bunka kim yokinima sababchi bo‘lgan?

-Bobom tufayli futbolga kirib kelganman. Ular olib borganla birinchi marta. O‘zimdan ham ko‘proq xohlaganlar futbolchi bo‘lishimni.

Ko‘pchilik futbolga Baxtiyor Ashurmatovning izidan kirib kelgansiz deb o‘ylaydi...

- Albatta, bu fikr ham xato emas! Men u insonga ham havas qilganman. Agar ular bo‘lmaganda futbolchi bo‘lmas edim

«Bunyodkor» ga keguncha siz hujumchi sifatida to‘p surgan ekansiz, qanday qilib himoyachiga aylandingiz?

- Tog‘amga xavas qilganman va murabbiyimdan o‘zim so‘raganman himoyada o‘ynashni.

Jarohatlar, omadsiz o‘yinlar, muxlislar bosimi… Umuman shu faktorlar sizda futbolni tashlash fikrini uyg‘otmaganmi?

- Yo‘q, hech qachon afsuslanish yoki futbolni tashlash niyatim bo‘lmagan.

 

Intervyularingizdan birida siz, JCh dagi ikkita o‘yinimni MTJdagi bir o‘yiniga almashtirgan bo‘lardim degandiz. Mana o‘ynadingiz ham. Nimadir o‘zgardimi?

- Hozircha rasmiy o‘yinlarda maydonga tushganim yo‘q. Mamlakat bosh jamoasida o‘ynash har bir futbolchini orzusi. Men nimanidir o‘zgartirish uchun emas, orzuim ushalishi uchun aytganman.

Shu yilning boshida Xitoy davlati mezbonlik qilgan U-23 OChda zafar quchdingiz. O‘zi musobaqaga borganda g‘olib bo‘lamiz deb o‘ylaganmidingiz? Yoki kuchli raqiblarning yirik hisoblarda mag‘lub etilishichi haqidachi?

- Biz hech nimani o‘ylamagan edik, faqat aniq maqsad bilan borganmiz.

Hozir «Bunyodkor» da moliyaviy holat yaxshi emas. Lekin jamoa yaxshi natija qayd etib kelmoqdai. Bunga asosiy sabab nima?

- To‘g‘ri hozirda «Bunyodkorda» moliyaviy holat yaxshi emas, biroq ichki muhit a’lo darajada. Biz maydonga tushganimizda hamma narsani unutib, faqat g‘alaba uchun harakat qilyapmiz.

Tabiiyki, sizga xorijdan ham takliflar tushgan. Siz ham do‘stlaringiz kabi Rossiya yoki Osiyo klublarida faoliyatingizni davom ettirasizmi yoki faqat top beshlikdan taklif kutmoqdamisiz (hazil)?

- Buni vaqt ko‘rsatadi. Vaqti kelsa, qaysidir klubga o‘tsam, buni e’lon qilaman. Hozirda «Bunyodkor» daman.

Superligada qaysi futbolchini to‘xtatib qolish siz uchunv qiyinchilik tug‘diradi?

- Qaysidir futbolchini ajratib ko‘rsata olmayman. Har bir raqibga qarshi jiddiy tayyorlanaman.

Agar tanlash imkoningiz bo‘lsa, qaysi futbolchi bilan bir klubda to‘psar edingiz?

- Bilmadim, bu haqida hech o‘ylab ko‘rmaganman.

Futboldagi kumiringiz sifatida aynan qaysi futbolchini ko‘rsata olasiz?

- Qaysidir futbolchiga taqlid qilmayman, lekin, juda ko‘p himoyachilarni o‘yinini kuzataman. Ammo ko‘proq Sergio Ramos o‘yinlari menga yoqadi.

«Real Madrid» yoki «Barselona»?

- Albatta, «Real Madrid»

Tassavur qiling sizga «Real Madrid» dan taklif tushdi. Biroq arzimagan maosh taklif qilishdi?

- Pul bermasa ham borar edim, hozir boraman).

Eng katta orzuingiz?

- Yaqinlarimni doimo sog‘-omon, baxtli ko‘rishni istayman va albatta terma jamoamiz libosida JChda ishtirok etsam deyman.

Faoliyatizdagi eng qiyin o‘yin qaysi bo‘lgan, eslay olasizmi?

- Juda ham ko‘p qiyin uchrashiuvlarda maydonga tushganman. Aniq qaysinidir ajratib ko‘rsata olmayman.

Osiyo chempionligi sizga nima berdi?

- O‘zimga ishonchni oshirdi.

Kutilmagan shuxratdan keyin soxta do‘stlar ham paydo bo‘lgandir?

- Xudoga shukur, yonimda soxta do‘st yo‘q. Ularga ishonaman. Agar bo‘lsa ham bu har kimning vijdoniga xavola.

O‘yinlaringizdan keyin eng ko‘p tanqidni kimdan qabul qilib olasiz?

-Tog‘amdan (Sports.uz izohi: Baxtiyor Ashurmatov).

Faoliyatingizdagi kiritgan eng chiroyli golingiz qaysi?

- Finalda Vietnam darvozasiga kiritgan golim.

 

Hozirda, suratga tushishni yoqtirmaydigan odam kam albatta, sizga Superligadagi qaysi fotomuxbir tomonidan olingan kadrlar ko‘proq yoqadi?

- Sohib aka Egamov tushurgan rasmlar ko‘proq yoqadi

Futboldan tashqari nimalarga qiziqasiz?

- Oilam va do‘stlarim davrasida vaqt o‘tkazish, ular bilan ko‘ngilochar joylarga borishni yoqtiraman.

OAV tomondan siz kutgan ammo hech berilmagan savol bormi?

- Bilmadim, o‘ylab ko‘rmagan ekanman.

Qanday savollar g‘ashingizga tegadi?

- Agar futbolchi bo‘lmaganizda kim bo‘lardiz degan savol …

Rustam sizga mazmunli suhbat uchun minatdorchilik bildiramiz, faoliyatingizga zafarlar tilab qolamiz!

Shodieva Lobar suhbatlashdi

(P.S.: Muallifning faoliyatidagi birinchi intervyusi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!