
Runi va Ibragimovich MLSning joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasiga kirdi
MLS 2018 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Qayd etish lozimki, ushbu jamoadan Zlatan Ibragimovich va Ueyn Runi kabi mashhur futbolchilar ham joy olishdi.
Darvozabon: Zak Steffen ("Kolambus Kryu")
Himoyachilar: Kemar Lourens ("Nyu-York Red Bullz"), Aaron Long ("Nyu-York Red Bullz"), Ched Marshall ("Sietl Saunderz")
Yarim himoyachilar: Lusiano Akosta ("Di Si Yunayted"), Migel Almiron ("Atlanta Yunayted"), Ignasio Pyatti ("Monreal Impekt"), Karlos Vela ("Los-Andjeles")
Hujumchilar: Zlatan Ibragimovich ("Los-Andjeles Gelaksi"), Ueyn Runi ("Di Si Yunayted"), Jozef Martines ("Atlanta Yunayted").
Fikrlar