
Rossiyalik bokschilar Olimpiya o‘yinlarida boksni saqlab qolishni so‘rab XOKga murojaat qilishdi
Rossiyalik bokschilar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga (XOK) boks sport turini Olimpiya o‘yinlarida saqlab qolishni so‘rab murojaat qilishdi. Bu haqda Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Shanba kuni Kremlev Evropa boks konfedertsiyasiga (EUBC) vitse-prezident etib tayinlandi. Shuningdek, u Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) ijroiya qo‘mitasiga kiradi.
– Biz XOKga Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan o‘zimizning chempionlar imzolari bilan boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida olib qolishni so‘radik. AIBA XOKning barcha savollariga javob qaytardi. Endi biz shaffoflik tizimida va birgalikda ishlashimiz kerak, – deydi Kremlev.
Avvalroq XOK boksni AIBA bilan munosabatlari tekshiruvlari oxiriga etguniga qadar 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi dasturiga kiritmaslikni ma’lum qilgan edi. XOK AIBA harakatlarini tekshirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tuzgan edi.
Fikrlar