Rossiya kubogi. Shomurodov va Galiulinlarning jamoalari keyingi bosqichga chiqdi

  • 20 sentabr, 2017, 22:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiyada kubok o‘yinlari o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘p suradigan "Rostov" jamoasi safarda "Volgar" klubiga qarshi bahs yuritdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shomurodov o‘yinning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Vagiz Galiulin faoliyat olib boradigan "Tosno" klubi esa safarda "Tyumen" ustidan 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Hamyurtimiz uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Yana bir hamyurtimiz - Vadim Afonin faoliyat olib boradigan "Anji" esa "Luch-Energiya" mehmoni bo‘ldi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan holda turnirdagi yurishini yakunladi.

Rossiya kubogi. 1/16 final

Luch-Energiya – Anji 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 20 Gordienko, 2:0 – 68 Malyaka


Tyumen – Tosno 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: 0:1 – 34 Palienko, 0:2 – 38 Palienko, 1:2 – 49 Karpov


Volgar – Rostov 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 22 Zuev, 0:2 – 48 Buxarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!