
Ronaldu faoliyatidagi eng chiroyli goli qaysiligini aytdi (video)
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining faoliyatidagi shu kungacha kiritgan eng chiroyli goli qaysiligini aytdi.
Unga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi eng chiroyli gol deya o‘tgan mavsum Chempionlar ligasida “Yuventus” darvozasiga kiritgan golini tanlagan.
“Bu mening hozirgi kungacha bo‘lgan faoliyatimdagi eng chiroyli gol. Afsuski ushbu gol hozirgi jamoam darvozasiga kiritilgan”, - deydi Ronaldu.
Fikrlar