Ronaldu A Seriyada qiynalmoqdami? Tashvishlanmang, u hali qaytadi!

  • 1 sentabr, 2018, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xuddi shu fikrga ko‘pchilik futbol muxlislari ikkilanib turgan bo‘lsada, Evropa futboli bo‘yicha jurnalist Gilem Balage “gol uruvchi mashina” hali qaytishiga to‘liq ishonadi.

Tecno

A Seriyaning ikki turi o‘z nihoyasiga etganiga qaramay, “Yuventus”ning yangi vakili Krishtianu Ronaldu hamon gollar ro‘yxatini ocholganicha yo‘q.

Bu bilan Italiyada boshqa chempionatlardagidan ko‘ra gol urish qiyinroq, degan fikrning tasdig‘imi? Ronaldu Premer Liga va La Ligada osonlikcha bajarganini u erda qilishda qiyinchilikka uchramoqdami?

Italiyada gol urish qiyin degan ibora afsona, aslida Ispaniyada qiyinroq hisoblanadi. So‘nggi besh yil ichida ikkala chempionatda 1900 o‘yinda La Liga vakillari A Seriyaga qaraganda 57 gol ko‘proq gol urishgan. A Seriyada 5182 gol urilgan bo‘lsa, La Ligada bu 5239 ga teng.

Xuddi shu vaqt ichida A Seriya vakillari o‘rtacha 2.72 gol urgan bo‘lsa, La Ligada har bir o‘yinda o‘rtacha 2.75 ta gol urilgan.

Statistikaga ko‘ra, bu davr oralig‘ida La Liga to‘purarlari (“Pichichi” sovrini) umumiy hisobda 190 gol urishgan. A Seriya to‘purarlari esa 138 ta urishgan, xolos.

Italiyadagi birorta to‘purar Ispaniyadagi to‘purarchalik ko‘p gol urish bilan maqtana olmaydi. Faqatgina bir marta Gonsalo Iguain (2015-16-yilgi mavsum) A Seriyada 30 tadan ko‘p gol urishga erishgan.

Shuningdek, so‘nggi besh “Pichichi” sovrining to‘rttasi Messi va Ronaldu o‘rtasida kechgan. Ushbu samarali juftlik har qanday raqibni “yanchib tashlayverdi”. Shu sababli Ispaniyada gol urish oson degan fikr ko‘pchilikda shakllanib bo‘ldi. Haqiqat shuki, davrimizning ikki eng kuchli futbolchilari har qanday chempionatda gol urib ketaveradi.

Statistika voqeaning butun taraflarini qamrab ololmaydi. Bu esa Ronalduning A Seriyada qiyinchilikka uchramoqda degan fikrga olib kelmasligi kerak. “Kevo” va “Latsio”ga qarshi o‘yinlarni kim ko‘rgan bo‘lsa, Ronalduning ko‘rsatkichlari yaxshi ekanini tasdiqlaydi.

O‘tgan mavsumda Ronaldu dastlabki golini urishi uchun 8 o‘yin kerak bo‘lgandi. Ushbu mavsumning birinchi davrasi yakunida uning hisobida atigi 4 gol bor edi.

Boz ustiga u mavsumning dastlabki to‘rt uchrashuvini “Barselona”ga qarshi Ispaniya Superkubogida olgan qizil kartochkasi sabab o‘tkazib yuborgandi.

Birinchi davrada qiynalganiga qaramay, besh karra “Oltin to‘p” sohibi mavsumni 44 o‘yinda 44 gol urgan holda yakunladi.

Demak, Ronalduni hisobdan chiqarishga hali erta!

Ayni vaqtda u yangi jamoasidagi mavsumni qanday yakunlanishini kutish kerak. Har qanday dastlabki taxminlar aldamchi bo‘ladi.

Portugaliyalik murabbiy o‘zining futbolga bo‘lgan munosabati bilan “Yuventus” murabbiylarini lol qoldirib bo‘ldi. Hali hammasi oldinda va u yanada kuchayishi ham mumkin.

Biroq, “Yuventus” va Allegri uchun Ronalduga ega bo‘lish va undan maksimal foydalanish ikki farqli narsa ekanligini tushunib olishlari kerak.

“Kevo”ga qarshi bahs oldidan ushbu yozgi transferning bezagi bo‘lgan yangi shogirdini aynan qaerda o‘ynatish borasida bir to‘xtamga kelmaganini, bir qancha variantlari borligini aytib o‘tdi.

Masalan, “Kevo”ga qarshi bahsda o‘yinni markaziy hujumchi sifatida boshladi, tanaffusdan keyin Mandjukich markazga o‘tgach u chap qanotdan joy egalladi va bu pozitsiyada ancha yaxshi taassurot qoldirdi.

Qisqa qilib aytganda, Ronaldu mavsum yakunida 40-50 talab gol urishi mumkin. Chunki u zamonamizning eng kuchli ikki futbolchisidan biri!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!