
"Roma" qishda hujumchisini ijaraga berib yubormoqchi
Rimning “Roma” klubi o‘zining chexiyalik hujumchisi Patrik Shik bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda “bo‘rilar” qishda 22 yoshli futbolchini ijaraga berib yuborishni rejalashtirishmoqda. Unga "Parma", "Udineze" va "Bolonya" klublari unga jiddiy qiziqish bildira boshlashgan.
Aytish lozimki, Shik joriy mavsum “Roma” safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.
Fikrlar