
"Roma" hujumchisini "Tottenxem"ga sotishni istamadi
Londonning “Tottenxem” klubi chexiyalik hujumchi Patrik Shikning transferi bo‘yicha “Roma” bilan kelisha olmadi.
Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” 22 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar chog‘idayoq o‘z saflariga qo‘shib olishni xohlashgan, biroq rimliklar bunga rad javobini berishgan. Ta’kidlash kerakki, “Tottenxem” Shikni uzoq muddatga safdan chiqqan asosiy hujumchisi Xarri Keynga munosib o‘rinbosar sifatida qarayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Shik joriy mavsum A Seriyada jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol va 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar