"Roma" "Shalke" etakchilaridan birini sotib olmoqchi

  • 20 dekabr, 2018, 12:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gelzenkirxenning "Shalke" klubi himoyachisi Matiya Nastasich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli serbiyalik futbolchiga “Roma”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgan. Rimliklar uni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishmoqchi.

Qayd etish lozimki, Nastasich uchun A Seriya begona emas. Boisi, u 2011/12 yilgi mavsumda “Fiorentina” sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Nastasich joriy mavsum “Shalke” safida jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning gelzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi 22 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!