
"Roma" "Liverpul"ga o‘tib ketgan Alissonning o‘rniga munosib o‘rinbosar topdi
Daniyaning "Kopengagen" klubi hamda Shvetsiya terma jamoasi posboni Robin Olsen faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli darvozabon Rimga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan. Faqat endi tomonlar kelishuvning bandlari masalasida bir qarorga kelishsa bas.
Ta’kidlash kerakki, Olsen “Roma”da yaqindagina “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan darvozabon Alissonning o‘rnini egallashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Olsen o‘tgan mavsum "Kopengagen" safida jami 36ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z darvozasidan 42ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar