Rivaldo: "Oltin to‘p"ga Modrich emas Ronaldu munosib, Messi esa ...

  • 8 dekabr, 2018, 02:00
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi hamda "Bunyodkor" klubi sobiq a’zosi, "Oltin to‘p-1999" sohibi Rivaldo Luka Modrich qo‘lga kiritgan sovrin haqida o‘z fikrini bildirdi.

Tecno

- Modrich ajoyib mavsum o‘tkazdi. EChLda g‘alaba qozondi, JCh finalchisiga aylandi. Biroq men Ronalduni tanlagan bo‘lardim.

Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum ko‘p gollar urdi, chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, JCh-2018 doirasida Ispaniya darvozasiga xet-trik amalga oshirdi. Shu sabablarga inobatga olgan holda Ronaldu "Oltin to‘p"ga munosib edi.

Messi haqidaam unitmasligimiz darkor, u top-3ga kirishi mumkin edi. Ikkala futbolchi ham ajoyib mavsumni boshdan o‘tkazishdi lekin nima sababdan sovrin ularning biriga nasib qilmaganidan hayratdaman.

Nima bo‘lishiga qaramay, bunday qaror qabul qilishni nohaqlikdir, - deya Rivaldoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Jaxongir Esanov
06/01/2019 21:45
Messi