
"Real" vakillari Sterlingni kuzatdi
Madridning "Real" klubi skautlari "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Rahim Sterlingni kuzatishdi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatmoqda.
"Qirollik klubi" vakillari Millatlar Ligasi doirasida Angliya va Ispaniya bahsida futbolchining harakatlarini baholab borishgan. Manbada keltirilishicha, ular uchrashuvda dubl qayd etgan Sterlingning harakatlaridan to‘la qoniqish hosil qilishgan va kelayotgan transfer mavsumida asli kelib chiqishi yamaykalik bo‘lgan futbolchini o‘z tarkiblariga jalb qilishmoqchi.
Qayd etish lozim, Sterling ayni paytda jamoadagi o‘rnidan umuman qoniqish hosil qilmayapti.
Fikrlar