
"Real" va "Barselona" Argentina terma jamoasi a’zosiga qiziqib qoldi
Asli PSJga tegishli bo‘lgan, mavsumni esa ijara asosida "Betis"da o‘tkazayotgan yarim himoyachi Jovani Lo Chelso faoliyatini La Liga grandlaridan birida davom ettirishi mumkin.
El Desmarque nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli argentinalik futbolchiga "Real" va "Barselona" jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Lo Chelsoni 2016 yil "Rosario Sentral" klubidan 10 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum “Betis” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar