
"Real" va "Atletiko" Markos Alonsoni Ispaniyaga qaytarishmoqchi
Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi Markos Alonso faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun Madridning ikki klubi – “Real” va “Atletiko” o‘zaro kurash boshlagan. “Aristokratlar” hozircha futbolchining narxini e’lon qilishganicha yo‘q, ammo Alonso 30 million evrodan kamiga sotilmasligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alonso asli “qirollik klubi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2010 yilda asosiy jamoada 1ta o‘yinda ishtirok etishga ham muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar