“Real” sobiq murabbiyi “MYu”ga qarshi o‘yindan so‘ng ishdan ketishi mumkin
Bir necha yil oldin Ispaniyaning “Real” klubida Joze Mourinoga yordamchilik qilgan Aitor Karanka ayni paytda Angliyaning “Midlsbro” jamoasini boshqarmoqda.
The Mirror nashrining xabar berishicha, Karanka 29-turdan so‘ng o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Chunki jamoa rahbarlari natijalardan qoniqish hosil qilmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Karanka jamoasi 29-tur o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi. Ayni paytda “Midlsbro” 22 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar