
"Real" etakchilaridan biri Lopetegini El-Klasikogacha ishdan ketishini xohlamoqda
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bo‘lajak El-Klasikodan oldin bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste’foga chiqishini xohlamoqda.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli xorvatiyalik futbolchi Lopetegining "Santyago Bernabeu"da ish boshlagan kunidan buyon yoqtirmay kelgan. Uning fikricha so‘nggi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyat rahbariyatning ko‘zini ochishi kerak. FIFA talqini bo‘yicha joriy yil dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Modrich Lopetegini yakshanba kuni “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan El-Klasikoga qadar ishdan ketishini xohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Real” qatorasiga 5ta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmayapti.
Fikrlar