"Real" UEFA Superkubogi uchun bahsni etakchi futbolchilarisiz o‘tkazishi mumkin

  • 3 iyul, 2018, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan “Real” hamshahari “Atletiko”ga qarshi UEFA Superkubogi bahsida besh nafar etakchi futbolchilarisiz harakat qilishi mumkin.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Rafael Varan, Marselo, Luka Modrich, Mateo Kovachich va Kazemirolar terma jamoalari safida JCh-2018da uzoqroq ushlanib qolishlari sabab “qirollik klubi”ning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida o‘tkazadigan ilk o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborishlari mumkin. Shu bois ular 2018/19 yilgi mavsumning ilk rasmiy uchrashuvida ishtirok eta olmasligi haqiqatga yaqinroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!