"Real" Solariga imkon beradi, biroq...

  • 9 yanvar, 2019, 12:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Santyago Solarining kelajak faoliyati haqida bir qarorga keldi.

Tecno

Cadena Cope tarqatgan xabarga ko‘ra qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalarga qaramay “qirollik klubi” argentinalik mutaxassisga amaldagi shartnomasi yakunigacha ishlashga imkon berishi mumkin. Eslatib o‘tish lozimki, Solarining shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Ammo, shu bilan birga agar “Real” mavsumning qolgan ikkinchi yarmida vaziyatni o‘nglay olmasa, Solari baribir ishdan ketadi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” ayni damda La Liganing o‘tgan 18ta tur yakunlariga ko‘ra peshqadam “Barselona”dan 10 ochko ortda qolgan holda 5-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!