
"Real" Pochettinoni olib kelish fikridan qaytmayapti
Madridning "Real" klubi rahbariyati "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoni qanday qilib bo‘lmasin “Santyago Bernabeu”ga kelishga ko‘ndirishmoqchi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozimki argentinalik mutaxassis “shporlar” rahbariyati bilan transferlar masalasida kelisha olmayapti va natijada uning jamoasi sovrinlar uchun kurashda qolib ketmoqda. Natijada Pochettinoning xafsalasi pir bo‘lmoqda. “Qirollik klubi” esa ushbu vaziyatdan foydalanib uni o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi.
Xatto “Real” Pochettino uchun “Tottenxem”ga 45 mln evro tovon puli to‘lashga ham tayyor.
Fikrlar