"Real" Modrich borasidagi fikrini o‘zgartirdi

  • 24 noyabr, 2018, 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich borasida o‘z fikrini o‘zgartirdi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 33 yoshli futbolchi bilan yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq xayrlashmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, madridliklar yozda Modrichni “Inter”ga qo‘yib yuborishni istashmagan edi.

Endi esa bu borada “Inter”dan tashqari “Yuventus” ham kurashga qo‘shildi. A Seriyaning ikki grandi yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida Modrich uchun o‘zaro kurash olib borishadi.

Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum jami 16ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!