“Real” Levandovski uchun “Bavariya”ga qancha taklif qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 17 iyul, 2018, 21:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" polshalik hujumchi Robert Levandovskining transferi uchun "Bavariya"ga qancha taklif qilishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ispan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 29 yoshli to‘purar uchun myunxenliklarga 90 mln evro taklif qilmoqchi. Bundan tashqari “Real” ushbu transferga ayni damda “Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni ham qo‘shishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Levandovski yangi mavsumni ham “Bavariya”da o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!