“Real” Kovachichning narxini pasaytirdi
Madridning "Real" klubi jamoadan ketish istagini bildirayotgan yarim himoyachi Mateo Kovachichning transfer narxini biroz tushirdi.
CalcioMercato nashrining xabar berishicha “qirollik klubi” 24 yoshli xorvatiyalik futbolchini 50 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Taqqoslash uchun, ushbu mablag‘ avval boshida e’lon qilinganidan 10 millionga kamroq.
Eslatib o‘tamiz, Kovachich uchun ayni damda “Milan” va “Inter” klublari jiddiy kurash olib borishmoqda.



Fikrlar