"Real" Benzemaga o‘rinbosar topdi

  • 23 iyun, 2018, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi yozgi transferlar mavsumida “Manchester Yunayte” hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olishi mumkin.

Tecno

“Qaymoqranglilar” rahbariyati 25 yoshli belgiyalik futbolchini Karim Benzemaga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Madridda Lukakuni hujum chizig‘iga juda mos kelishini aytishmoqda.

Lukaku o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 51 o‘yinda 27 gol va 9 golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning “Manchester Yunayted” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining transfer narxi 90 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!