“Real” Benzema borasida A Seriya grandidan 40 mln evrolik taklif oldi
Madridning "Real" klubi "Napoli"dan o‘zining frantsiyalik hujumchisi Karim Benzemaning transferi borasida rasmiy taklif oldi. Bu haqda Real Madrid Note nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra neapolliklar 30 yoshli frantsuz uchun “qirollik klubi”ga 40 mln evro taklif qilishgan.
Ma’lumot uchun, Benzema o‘tgan mavsum “Real” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli"da ayni damda Benzemaning sobiq ustozi Karlo Anchelotti faoliyat olib bormoqda.



Fikrlar