
Rasman! Vardi "Lester" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Lester" forvardi Jeymi Vardi klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda 31 yoshli futbolchi “tulkilar” bilan yana 4 yillik kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra Vardi endi haftasiga 155 ming evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Vardi “Lester” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar