
Rasman! Rolando faoliyatini A Seriya klubida davom ettiradigan bo‘ldi (foto)
Italiyaning “Kalyari” klubi jamoa bosh murabbiyligiga Rolando Maranni tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 54 yoshli italiyalik futbolchi yangi jamoasi bilan 2020 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Rolandoning so‘nggi ish joyi “Kevo” klubi bo‘lgan edi. U ushbu jamoaga 2014-2018 yillarda ustozlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Kalyari” yakunlangan mavsum A Seriyada 16-o‘rinni egallab, kuchlilar safida qolishni uddalagan edi.
Fikrlar