
Rasman! "Arsenal" urugvaylik futbolchi sotib oldi
Urugvay terma jamoasi va "Sampdoriya" klubi yarim himoyachisi Lukas Torreyra Londonning "Arsenal" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "to‘pchilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.
22 yoshli futbolchining transfer summasi e’lon qilinmadi, biroq OAVda ushbu summa 30 mln evroga teng ekanligi aytilmoqda. U yangi jamoasida 11-raqamda to‘p suradi.
Ma’lumot uchun, Torreyra o‘tgan mavsum "Sampdoriya" safida 36 bahsda ishtirok etdi va 4 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Lukas Urugvay bilan JChda chorak finalga qadar etib bordi.
Fikrlar