
Rasman! APLga chiqqan klub rekord summaga hujumchi sotib oldi
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, bu mavsum Angliya Premer ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan “Xaddersfild Taun” klubi yangi mavsum oldidan o‘z safini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishni boshlab yubordi.
Bundan bir muddat ilgari “Manchester Siti” klubidan Aaron Muyni o‘zi uchun rekord bo‘lgan 10 mln funtga sotib olgani haqida xabar bergan edik.
Premer ligaga chiqqan «Xaddersfild» klubi «Manchester Siti» futbolchisini rekord summaga sotib oldi
Klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi, jamoa “Monpele” klubi hujumchisi Stiv Muneni 11,5 mln funtga sotib olganini ma’lum qildi. Qayd etish joiz, endilikda “Xaddersfild” tarixidagi eng qimmatbaho transfer sifatida aynan Munening transferi e’tirof etiladi.
Yakunlangan mavsumda 22 yoshli hujumchi Frantsiya chempionatida 35 o‘yinda 14 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar