
Ramos Kontening "Real"ga kelishiga rozilik bildirdi
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos Antonio Kontening "Santyago Bernabeu"ga kelishiga rozilik bildirdi. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq “qirollik klubi”ning ayrim etakchilari 49 yoshli italiyalik mutaxassisning jamoaga kelishiga qarshi ekanliklarini bildirishgan edi. Ammo, Ramos bu borada o‘z fikrini o‘zgartirdi va Kontening Madridga kelishiga roziligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real”ning amaldagi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ertaga bo‘lib o‘tadigan el klasikodan so‘ng katta ehtimol bilan o‘z lavozimini tark etadi.
Fikrlar