Rafinya yozda "Bavariya"ni tark etishini ma’lum qildi

  • 27 dekabr, 2018, 14:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Rafinya mavsum yakunlangach jamoadan ketishini aytdi.

Tecno

“Bu “Bavariya”dagi so‘nggi mavsumim deb o‘ylayman. Faoliyatimning eng yorqin damlari asta yakuniga etib bormoqda. Myunxenda o‘tkazayotgan so‘nggi oylarimdan zavqlanib qolmoqchiman. Hozircha boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazmayapman. Chunki, “Bavariya”ni hurmat qilaman. Braziliyaga qaytishim mumkinligini ham inkor etmayman”, - deydi Rafinya.

Ma’lumot uchun, Rafinya “Bavariya” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 255ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 29ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning amaldagi shartnomasi esa yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!