
RPLda to‘p surayotgan qaysi futbolchilar Osiyo kubogida ishtirok etadi?
Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarida navbatdagi Osiyo kubogi bahslari boshlanadi.
Ushbu musobaqada Rossiya premer-ligasida to‘p suradigan 5 nafar futbolchi ham ishtirok etadi. Ular Milad Muhammadi (“Axmat”, Eron), Serdar Azmun (“Rostov”, Eron), Valeriy Kichin (“Enisey”, Qirg‘iziston), Dostonbek Xamdamov (“Anji”, O‘zbekiston) va Eldor Shomurodovlardir (“Rostov”, O‘zbekiston).
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogi 5 yanvardan 1 fevralga qadar davom etadi.
Fikrlar