
RPL. Afoninning jamoasi ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
Orenburg shahridagi "Gazovik" stadionida kechgan bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona gol 80-daqiqada Aleksey Sutormin tomonidan penaltidan kiritildi.
Hamyurtimiz Vadim Afonin bugungi bellashuvni odatdagidek asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng "Orenburg" hisobidagi ochkolar soni 22 taga etdi va jamoa birinchi davrani 7-o‘rinda tugatdi.
Fikrlar