Qudratillo Abduqahhorov Malayziyada ringga ko‘tariladi

  • 31 oktabr, 2018, 14:29
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Qudratillo yarim o‘rta vazn toifasida IBF chempionlik kamari uchun jang qilishini ma’lum qilgan. U navbatdagi jangda  yaponiyalik 31 yoshli bokschi Keita Obaraga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Tecno
Professional boksda biror marotaba mag‘lubiyatga uchramagan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi 5 yanvar kuni Malayziyada bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, Qudratillo ayni damda IBF reytingida 4-o‘rinni egallab turibdi, Obara esa 6-pog‘onadan joy olgan. Ular o‘rtasida o‘tadigan jangda kim g‘olib bo‘lsa, reyting jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi va ushbu vazn toifasida IBF chempioni Errol Spensga qarshi ringga ko‘tarilish huquqini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!