Qizlar bir taraf, o‘g‘illar bir taraf. Koptok esa devona (foto)

  • 14 yanvar, 2019, 17:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi 2020 yili Tokioda o‘tadigan olimpiadaga saralash o‘yinlarining ikkinchi bosqichida qatnashadi. Saralash o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qiladi. Musobaqaga 13 fevral kuni qur’a tashlanadi.

Tecno

 Ushbu turnirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Bahrom Norsafarov boshchiligidagi ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. Yig‘indan ko‘zlangan asosiy maqsad, futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, ularning himoya va hujumdagi taktik-texnik harakatlarini takomillashtirish, qo‘yilgan vazifani bajarishga qodir bo‘lgan jamoani shakllantirishdan iboratdir.

 Kecha poytaxtimizdagi “Chig‘atoy” o‘quv-mashq bazasida ayollar olimpiya terma jamoasi Zayniddin Tojiev etakchiligidagi 2004-2005 yillarda tavallud topgan o‘g‘il bolalar bilan nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan qizlarimiz o‘g‘il bolalar darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda kuchlar deyarli tenglashdi. Yakuniy hisob 5:3 qizlar foydasiga.

Olim-qizlar (1)

Olim-qizlar (2)

Olim-qizlar (3)

Olim-qizlar (4)

Olim-qizlar (6)

Olim-qizlar (7)

Olim-qizlar (8)

Olim-qizlar (9)

Olim-qizlar (10)

Olim-qizlar (11)

Olim-qizlar (12)

Olim-qizlar (13)

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!