Qilichbozimiz Oleg Sokolov jahon kubogining navbatdagi bosqichida oltin medalga sazovor bo‘ldi

CHERY AUTO

 

Tecno

18-19 mart kunlari Finlyandiyaning Turku shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi bosqichining “V” toifasidagi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini Oleg Sokolov himoya qildi.  

Italiya, Finlyandiya, AQSh, Rossiya, Germaniya, Shvetsiya, Avstriya, Panama, Gonkong, Xitoy Taypeyi, Venesuela va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan 90 nafar sportchi orasida terma jamoamiz a’zosi shamshir (shpaga) bo‘yicha bellashuvlarda barcha raqiblarini ortda qoldirib shohsupaning eng yuqori qismidan joy oldi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. 

E’tiborlisi, mazkur musobaqa Oleg Sokolov uchun 2017 yildagi ilk start edi va u ajoyib g‘alaba bilan boshlandi. Umid qilamizki mavsumning qolgan muhim bellashuvlarini ham sportchimiz ana shunday yuqori kayfiyatda o‘tkazib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilishda davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!