Pul tarixga qarshi: «Real”, «Manchester Siti» va boshqalar jumbog‘i

  • 9 noyabr, 2018, 16:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har qanday jamoa birorta musobaqaning yangi brendiga aylanishi istasa birinchi navbatda Chempionlar Ligasi keladi.

Tecno

Futbol klubining buyukligini nima bilan o‘lchash mumkin? Yoshi? Puli? Yoki ko‘plab muxlislari bilanmi? Balki yirik stadioni bilandir? Ammo bular ko‘plab klublarda topiladi. Buyuklar va buyuklikka yaqin jamoalar o‘rtasidagi farqqa kelganda sovrinlar o‘rtaga chiqadi.

Ichki chempionatni biror marta ham yutmagan jamoa buyuk klub bo‘la oladimi? Albatta yo‘q. Chempionlar Ligasini yutmagan klub grand jamoa bo‘lishga da’vo qila oladimi? «Arsenal» ha deydi. «Atletiko» ham. Ular ancha vaqtdan beri u erda ishtirok etishadi.

Albatta jamoalar bunda raqobatdosh, yodda qoladigan va ajoyib o‘yin ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi.

Shuning uchun milliionlab sarflangan pullarga qaramay qatarliklar klubi «PSJ» Evropada «Monako»chalik obro‘ga ega emas.

«Monako» ushbu nufuzli turnirning finaliga qadar etib borgan. Terri Anri va Kilian Mbappe kabi iqtidorlarni etishtirib chiqargan. Bir necha yil oldin ular yarim finalga qadar borishdi va Bernardo Silva, Benjamin Mendi kabi yulduzlarni kashf qildi.

Mana shular tufayli EChLning so‘nggi turida «Tsrvena Zvezda»ning «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabasi e’tiborga molik. Belgradliklar tarixi boy jamoaning «burnidan tortib qo‘ydi». «Qizillar» ushbu sovrinni o‘z muzeyida saqlaydi.

Biroq so‘nggi vaqtlarda tilga olinayotgan yangi turnir – Super Liga g‘oyasi ancha xavfli. Futbolchilar pul kabi ushbu musobaqani joriy qilishni qo‘llab-quvvatlamoqda.

«Real» bilan to‘rt marta Chempionlar Ligasini yutib olgan Marselo o‘z oyog‘ida ushbu sovrinning rasmini tushirgan.

«Milan»ning sobiq ijrochi direktori Adriano Galliani Chempionlar Ligasi madhiyasini A Seriya o‘yinlaridan oldin kiyinish xonasida jamoasiga eshittirgan. Shu tariqa u futbolchilarni ruxlantirgan.

Aytmoqchi bo‘lganimiz ushbu musobaqa puldan ham ko‘prog‘ini anglatadi. Bu sifatni anglatadi. Biror futbolchi yoki jamoa Chempionlar Ligasida ishtirok etsa u haqiqatdan qoyilmaqom ish qildi deymiz.

Florentino Peresning yangi liga tuzish rejalari shu tarafdan ko‘pchilikni taajjubga solmoqda. «Real» xo‘jayini klubi uchun ko‘proq pul ishlab olishni istamoqda, ammo u 13 karra chempioni bo‘lgan jamoasini ushbu musobaqadan mahrum qilmoqchi.

«Real» bu turnirni boshqalardan ko‘ra ko‘proq ega yutgan. Chempionlar Ligasi tomoshabopligi va ovozi yagona. Biroq uning yagona kamchiligi may yoki iyunda medallar taqilganidan keyin qisqa muddatga unutilishidir.

Ushbu musobaqani biror marta ham yuta olmagan jamoa undan chiqishni ehtiyotkorlik bilan o‘ylab chiqadi. «Real» va «Liverpul» bundan qo‘rqmasligi mumkin, ammo «PSJ» va «Manchester Siti» buni qila oladimi yo‘qmi, gap shunda. Ular Chempionlar Ligasida kerakli vaznni qo‘lga kirita olmasdan tark etishi qaytib u erga kiritilmaydi degani.

Bu «Barselona» va 1992-yilgi «Uembli»dagi qahramon Pep Gvardiola uchun ham ahamiyatli.

Buyuklikka eltuvchi yo‘lni sotib olishingiz mumkinmi? «Pari Sen-Jermen» va «Manchester Siti» kabi jamoalar buni amalga oshirishga urinmoqda.

UEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari Roman Abramovichning «Chelsi»ga tashigan pullari davrida yo‘q edi. Qoidalar buzish uchun chiqariladi.

Gleyzerlar oilasi, Abu Dabi shayxlari Manchester jamoalari uchun tikayotgan milliardlab pullari yomonmi? «Etihad Stedium» tashqarisida «Buyuk 10 yil uchun Manchester minnatdorchilik bildiradi, shayx Mansur» degan bannerga ko‘zingiz tushadi. Bunday olqishlashni «Old Trafford»da ham ko‘rasiz.

Ammo haqiqiy ishni ajoyib futbol akademiyasi, asosiy jamoa va brend amalga oshiradi. Eng muhim musobaqalardagi g‘alabalar aynan shular orqali erishiladi.

«Manchester Siti» bu yil yaxshi ko‘rinmoqda. Premer Ligada o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Gvardiola Angliya futboliga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishni boshladi. Uning jamoasi o‘yinidan hayratga tushasiz. Biroq ular hali Evropada o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. «Shaharliklar» grand jamoalarni qo‘rqita olganicha yo‘q. «Real», «Bavariya» yoki «Liverpul»ga qarshi uchrashuvlarda tajriba va tarix o‘z so‘zini aytmoqda. Ular guruh bosqichida «Shaxtyor» darvozasiga gollarni qalashtirib tashlamasin, o‘zini ko‘rsatish kerak bo‘lgan vaqtda buning uddasidan chiqa olishmayapti.

Bir kun kelib albatta bu futbolchilar o‘z orzulariga etishishi mumkin. Ammo tushunib etishlari kerakki, ular sovrinlarni sotib ololmaydi, faqatgina ishlab topishlari mumkin. Farq shunda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!