
Primera prezidenti: "Jirona" - "Barselona" o‘yini katta ehtimol bilan AQShda o‘tadi
U bu haqda AQShdagi uchrashuv davomida aytib o‘tdi.
"O‘yin 83 % ehtimol bilan Qo‘shma Shtatlarda o‘tadi. Menga hech kim buni bekor qiladigan hujjutni taqdim etmadi. Ispaniya Futbol Assotsiatsiyasi ham, boshqa xalqaro tashkilotlar ham shular jumlasidan.
O‘ylashimcha, Mayamida o‘tadigan uchrashuv yaxshigina reklama qilindi. AQShdagi barcha ushbu bellashuvni intizorlik bilan kutishmoqda", - deb Tebasning so‘zlarini keltirib o‘tdi Football Espana.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq FIFA "Jirona" - "Barselona" o‘yinini AQShda o‘tishiga taqiq qo‘ygani borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar