Premer Liga grandlarining eng katta omadsizlari

  • 23 avgust, 2018, 17:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer Ligada yozgi transfer bozori bu safar ancha erta yakunlandi va klublarning har biri 20 kishilik tarkibni shakllantirib bo‘lishdi.

Tecno

«Tottenxem»dan tashqari barcha klublar o‘z safini ketganlar hisobiga to‘ldirishdi. Ba’zilar esa bu kelgan va ketganlar hisobiga omadsizga aylanib qolishdi. Squawka nashri «tumanli Albion» grandlarining bosh omadsizlarini aniqlashga harakat qilib ko‘rdi.

«Arsenal» – Muhammad Elneni

Muhammad Elneni yangi bosh murabbiy Unay Emeri qo‘l ostida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaydigan ko‘rinadi. U «to‘pchilar»ning dastlabki turida umuman ko‘rinish bergani yo‘q. Ochig‘ini aytganda jamoaga Matteo Genduzi va Lukas Torreyra kabi mohir iste’dod vakillari kelgach uning imkoniyatlari keskin tushib ketdi. Uning xatto «Marsel» yoki «Midlsbro»ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar ham paydo bo‘ldi.

«Chelsi» – Ruben Loftus-Chik

Loftus-Chik 2018-yilgi Mundialda Angliya yarim himoyasida ko‘rsatgan o‘yinlari va o‘tgan mavsumda «Kristal Peles»da ajoyib mavsumni o‘tkazganidan keyin uni porloq kelajak kutayotganini aytganlar paydo bo‘la boshlagan edi. Rostini aytganda Sesk Fabregas, Jorjino, Kante, Ross Barkli va Mateo Kovachich kabi futbolchilar turganda unga o‘ynash imkoniyati shunchaki berilishiga ishonish juda qiyin. Afsuski unga klubni tark etishiga imkon berishmadi. U hech bo‘lmaganda ijaraga ketishni istagandi.

«Lester» – Ues Morgan

Rosti, Ues Morgan 2016-yilda mo‘jiza ko‘rsatgan «Lester»dagidek o‘yin namoyish qila olmayapti. O‘tgan mavsumda 34 yoshli himoyachiga yosh faktori ta’sir qila boshlagani ko‘rinib qoldi.

Uning «Manchester Yunayted»ga va o‘rtamiyona klublarga qarshi nursiz o‘yin ko‘rsatganidan keyin zaxiraga to‘liq “mixlandi”. Boz ustiga yosh iqtidorli turk himoyachisi Chag‘lar Soyundju 19 million evro evaziga jamoaga olib kelingach sobiq sardorning asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarib olishi qiyinlashib ketdi.

«Liverpul» – Loris Karius

Loris Karius uchun 67 million evroga unga raqobatchi Alissonning kelishi hamma narsani tushuntirib qo‘ydi. Chempionlar Ligasi finalidagi qo‘pol xatolar va mavsumoldi yig‘inlarda bu holatning qayta takrorlanishi sababli nemis posboni «qizillar» safidagi asosiy o‘rnini yo‘qotdi. Natijada u o‘zini tiklab olishi uchun ikki yilga «Beshiktosh»ga berib yuborildi.

«Manchester Siti» – Leroy Sane

Leroy Sane o‘z yulduzi pastga qarab sho‘ng‘iyotganini ko‘rib turibdi. O‘tgan mavsumda «Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» sovrini egasi dastlab Yoaxim Lyov safida Jahon Chempionatiga borish bahtidan mosuvo bo‘ldi. Shu sababli «shaharliklar» safida Mundialga bormagani sababli o‘rtoqlik o‘yinlarida chaqnashi kutilgandi. Ammo klubga «Lester»dan Riyod Mahrez olib kelindi va Pep Gvardiolaning taktikasida «joy topilmagani tufayli» Premer Liganing dastlabki ikki turini zaxiradan boshladi.

«Manchester Yunayted» – Matteo Darmian

Darmian hamon MYu futbolchisi hisoblanadi. Biroq u «qizil iblislar»ning bosh omadsiz futbolchisiga aylanib ulgurdi, deyishimiz mumkin. Mourino asosiy tarkib vakili Valensiyaga o‘rinbosar sifatida Diego Daloni olib keldi. Bu degani o‘ng qanot himoyasi uchun raqobatda u uchinchi o‘ringa tushib qolganini anglatadi.

Fakt shuki, «Brayton»ga qarshi uchrashuvda Dalo va Valensiyalarning ikkalovi jarohat olgan bir paytda ham maydonga tushirilmadi. Bu amalda ko‘p narsani anglatadi. Futbolchining o‘zi transfer bozori yakunlanguncha klubdan ketishga umid qildi, biroq klub uni qo‘yib yubormadi.

«Tottenxem» – Tobi Alderveyreld

Agarda mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, Alderveyreld ushbu yozda «Uayt Xart Leyn»dan ketishni juda-juda istagan ekan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganida bu yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Shunda u 25 million evro evaziga jamoani tark etishi mumkin ekan.

Pochettino esa shogirdining kelajagi borasida berilgan savollarga «taqachilar» boshqaruvchilariga berilishi kerak bo‘lgan savol ekanligini eslatib qo‘ydi.

«Ba’zilar baxtsiz yoki qolganlari ketishni istashi haqida gapirishdan charchadim» – degan Pochettino berilgan savolga.

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!