Povetkin Joshuaga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi
Rossiyalik super og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkin ushbu vaznda WBA Super, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi, deya xabar beradi “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi.
Povetkin hozirda Kislovodskda yig‘inda bo‘lib turibdi. Bu erda sportchi ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Entoni Joshua va Aleksandr Povetkin o‘rtasidagi qarama-qarshilik 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jang Londondagi mashhur “Uembli” stadionida o‘tadi va boks kechaning asosiy to‘qnashuvi hisoblanadi.



Fikrlar