"Portu"ni mag‘lub etgan "Sporting" Portugaliya liga kubogini qo‘lga kiritdi
Kecha Portugaliya liga kubogining final bahsida “Portu” va “Sporting” klublari maydonga tushishdi.
Shiddatli va murosasiz bahslarga boy kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida durang bilan yakunlangach g‘olib jamoa nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad “Sporting”ga kulib boqdi va lissabonliklar bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, "Sporting" ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta sazovor bo‘ldi.
"Portu" - "Sporting" - 1:1, (penalti - 1:3)
Gollar: Fernando, 79 - 1:0, Dost, 90 - 1:1.
"Portu": Vana, Felipe, Telles, Eder Militao, Pepe, Marega, Errera, Braimi, Oliver Torres (Ernani, 90), Korona (Danilu Pereyra, 82), Andre Pereyra (Fernando, 64).
"Sporting": Ribeyro, Vendel, Ande Pintu (Petrovich, 53), Ristovski, Koates, Rafinya, Gudel (Diabi, 83), Nani, Brunu Fernandesh, Akunya (Jefferson, 46), Dost.



Fikrlar