
“Portu” ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Portugaliya Kubogi guruh bosqichida “Portu” jamoasi “Belenensesh” klubi bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi va ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi.
“Portu” qatorasiga 16 ta g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyatlar davomida raqiblar darvozasiga 45 ta gol urildi, 14 ta o‘tkazib yuborildi. Jamoaning g‘alabali seriyasi shu yilning 19 oktyabr sanasida boshladi va Portugaliya chempionati, Kubogi va Liga Kubogi hamda EChLni o‘z ichiga oldi.
Ayni vaqtda “Portu” mamlakat chempionatida 14-turdan keyin 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar