Pochettino: Beylning "Tottenxem"ga qaytishi mumkin emas

  • 29 iyul, 2018, 17:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Barselona" (2:2, penalti bo‘yicha 5:3) bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng jamoaning transfer siyosati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Shu o‘rinda Pochettino "Real" hujumchisi Garet Beylning Londonga qaytishi haqidagi xabarlarga ham o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Beylning qaytishi mumkin emas. Maqsadimiz yaxshiroq natija ko‘rsatish uchun yosh futbolchilarni jamoaga taklif qilish. Biz tarkibga yuqori marralarni o‘z oldiga maqsad qilgan klassik futbolchilarni qo‘shishni istaymiz. Bundan qanday natija chiqishini esa ko‘ramiz.

— Nega bunchalik xotirjamsiz? Xaridlardan ko‘nglim to‘lmasa, nima o‘zgaradi? Xotirjamlikni saqlash kerak va maqsad sari olg‘a yurish kerak, — deydi Pochettino "Tottenxem" matbuot xizmatiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!