Pochettino: APLda g‘olib chiqishimiz deyarli imkonsiz

  • 1 mart, 2019, 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasining premer-ligada g‘olib chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Tecno

“Byornli”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng chempionatda g‘olib chiqish qiyinlashgandi, ammo, “Chelsi”ga yutqazganimizdan so‘ng bu deyarli imkonsiz ishga aylandi. Chunki, buning uchun endi biz qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz, shu bilan birga yuqoridagi ikki jamoa ko‘plab ochkolarni boy berishi kerak. Bu esa judayam qiyin”, - deydi argentinalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” ortda qolgan 28 turdan so‘ng 60 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Shporlar”dan faqatgina “Manchester Siti” (68) va “Liverpul” (69) oldinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!